Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimiga «kalla qo‘ygan» shaxsga sud hukmi o‘qildi

YPX xodimiga «kalla qo‘ygan» shaxsga sud hukmi o‘qildi

Foto: «Xabar.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudida sudlanuvchi Sh.Umarovga (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud raisi J.Karimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Navoiy viloyat IIB YHXB YPXO 1-safarbarlik guruhi YPX inspektori safdor D.Soliyev sudlanuvchi – Sh.Umarovni mastlik holati bo‘yicha tekshirib ko‘rish maqsadida olib kelgan vaqtida (2018 yil 11 noyabr) u  faol qarshilik ko‘rsatadi. Ayni jarayonda xizmat vazifasini bajarib turgan YPX inspektorining burun sohasiga «kalla qo‘yadi», xizmat kiyimi chap tomon pogonini uzib tashlaydi.

Zarafshon shahar sud-tibbiy ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra, D.Soliyev «yengil tan jarohati» oladi.

Sud sudlanuvchining o‘z aybiga iqrorligini, YPX inspektori D.Soliyevga nisbatan hech qanday shaxsiy adovati bo‘lmagani, jabrlanuvchidan kechirim so‘ragani, bu qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 1-qismiga ko‘ra jazo tayinladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring