Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin

O‘zbekistonda figurali uchish bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi mumkin

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilishga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

«Humo arena» ko‘p tarmoqli muz saroyining barpo etilishi natijasida eng yirik sport musobaqalarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘lgan. Ushbu arenada ko‘plab sport turlarida jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish mumkin. Xususan, O‘zbekiston 2022 yili figurali uchish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatini qabul qilishni maqsad qilgan.

Bu borada Xalqaro konkichilar ittifoqiga rasmiy ariza topshirildi va O‘zbekiston bu borada ayni paytda yakka da’vogar bo‘lib turibdi. Musobaqa 2022 yilning 7-13 mart kunlari «Humo arena» muz saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring