Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Osiyo Kubogi to‘liq hajmda va jonli efirda namoyish etiladi

Osiyo Kubogi to‘liq hajmda va jonli efirda namoyish etiladi

2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan 17-Osiyo kubogi musobaqasi to‘liq hajmda va jonli efirda namoyish etiladi. Bu haqda «Sport» telekanali direktori Zohid Karimov O‘FA matbuot xizmatiga ma’lum qilgan.

Direktorning aytishicha, Fransiyaning «Lagardère» kompaniyasi orqali Osiyo kubogi musobaqasini translyasiya qilish huquqi qo‘lga kiritilgan. Muxlislar Osiyo kubogi musobaqasidan o‘rin olgan barcha 51ta uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan parallel ravishda kechadigan o‘yinlar esa Milliy teleradiokompaniya tarkibiga kiruvchi "UzHD" yoki "Mahalla" telekanali orqali namoyish qilinadi. "Sport" telekanali sharhlovchilari mazkur turnirdan o‘rin olgan uchrashuvlarni bevosita stadiondan turib sharhlab borishlari rejalashtirilgan. Faqatgina mazkur masalaning texnik yechimi kutilyapti.

Muxlislarga qulaylik tug‘dirish maqsadida, jonli efirda namoyish qilingan uchrashuvlar ertasi kuni soat 08:00dan boshlab yana takroran namoyish qilinadi. Bundan tashqari, har kuni "Osiyo Kubogi kundaligi" berib boriladi. Ushbu dasturda barcha o‘yinlarda kiritilgan gollar va e’tiborga molik vaziyatlar efirga uzatib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring