Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi (infografika)

Koronavirus: eng xavfsiz mamlakatlar reytingi tuzildi (infografika)

Infografika: «Forbes»

«Forbes» nashri «Deep Knowledge Group» ma’lumotlari asosida mamlakatlarning koronavirusdan xavfsizlik reytingini tuzdi.

COVID-19 borasida eng xavfsiz mamlakat Shveysariya, eng xavflisi Janubiy Sudan deb topildi.

Ekspertlar reyting ochkolarini berishda mamlakatlardagi karantin va kasallarni aniqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi, iqtisodiyotning bardoshliligini hisobga olishdi.

Eng xavfsiz mamlakatlar reytingida Germaniya Shveysariyadan so‘ng ikkinchi o‘ringa joylashtirildi. «Bronza» esa Isroilga berildi. Singapur, Yaponiya, Avstriya, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya ham yetakchilar qatorida.

Infografika: «Forbes»

Xavfsizlik darajasiga ko‘ra, reytingning eng o‘rtasida: 57-o‘rinda — Ruminiya, 58-o‘rinda AQSh (jahondagi eng katta koronavirus o‘chog‘i) joylashtirildi. Koronavirusning uchinchi o‘chog‘i — Rossiya 61-o‘rinda.

O‘zbekiston nomi keltirilmagan ushbu reytingda Belarus — 63, Ukraina — 66, Qozog‘iston — 71, Ozarbayjon — 75 o‘rinda.

Koronavirusning ikki yirik o‘chog‘i — Yevropa va Shimoliy Amerika eng xavfsiz hududlar deb topildi (birinchi infografika):

  1. Yevropa — 562 ball
  2. Shimoliy Amerika — 549
  3. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika — 502
  4. Osiyo-Tinch okeani — 502
  5. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo — 480
  6. Janubiy Amerika — 445
  7. Markaziy Amerika — 405
  8. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy qismi — 359.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring