Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 6-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 6-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 6-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 23-kuni. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra,  O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 342 nafarga yetdi: 30 nafar bemor sog‘ayib ketgan, ikki nafari vafot etgan.

Bir sutkada 76 nafar yangi bemor aniqlandi — bu bir kun oldingi (39 nafar)dan salkam ikki hissa ko‘pdir.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar: AQSh (331285), Ispaniya (130759), Italiya (128948), Germaniya (100009) va Fransiya (89953, bir kun oldingi ma’lumot).

6-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1261445 nafarga yetdi, shundan 68477 nafari vafot etgan, 260307 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 183 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — bu ham koronavirusning qanchalik tez sur’atlarda rivojlanayotganini ko‘rsatadi.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring