Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi

O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi

Foto: Xabar.uz

Reyting AQShning «U.S. News & World Report» jurnali tomonidan e’lon qilingan.

Reyting to‘rtta hududdan 17 mingdan ziyod kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan. Ular dunyoning 78 ta mamlakatini 76 xil ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholagan.

O‘zbekiston so‘rov yakunida 100 balldan 3,4 ball to‘plagan va 78 ta davlat ichida 73-o‘rinni egallagan. Reytingdan MDH mamlakatlarining yana 5 davlati — Rossiya (24-o‘rin), Ozarbayjon (66-o‘rin), Ukraina (71-o‘rin), Qozog‘iston (72-o‘rin), Belarus (75-o‘rin) joy olgan.

Kuchli beshlikka Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Avstraliya kirgan. Kanada turmush darajasi va ijtimoiy maqsadlar ko‘rsatkichi bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan. Ekspertlar mamlakatni odamlar rivojlanishi va o‘sishi mumkin bo‘lgan barqaror, xavfsiz, ochiq, adolatli va teng huquqli jamiyat deb hisoblaydi. Reytingda, shuningdek, ijtimoiy adolat darajasi, irqiy tenglik va o‘z faoliyatini boshlash imkoniyatlari ham hisobga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring