Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlar: 32 yilga cho‘zilib ketgan «to‘rt yil», Putinning tengdoshi va boshqalar (infografika)

Prezidentlar: 32 yilga cho‘zilib ketgan «to‘rt yil», Putinning tengdoshi va boshqalar (infografika)

Foto: «Gazeta.ru»

Bugungi kunda dunyoda monarxiyalar soni barmoq bilan sanarli, shulardan ham ikki-uchtasida hokimiyat monarxning qo‘lida. Xalq yoki parlament ma’lum muddatga saylovchi prezidentlar boshqaruvidagi respublikalar esa juda ko‘p. Darvoqe, muddat haqida.

Yoveri Museveni

Fuqarolar urushidan so‘ng 1986-yili Uganda prezidentiga aylangan Yoveri Kaguta Museveni birinchi rasmiy nutqida o‘z hukumati to yangi konstitutsiya qabul qilingunicha to‘rt yil turishini aytgan edi, ammo, mana 32 yildirki, u joyini bo‘shatgani yo‘q. Museveni hozir 74 yoshda.

Teodoro Obiang

Teodoro Obiang Ngema Bmasogo (76 yoshda) Ekvatorial Gvineyani 1979-yil 3-avgustidan beri boshqarmoqda. U harbiy to‘ntarish orqali o‘z amakisi Fransisko Masias Ngema Biyogo o‘rniga prezident bo‘lgan. Obiang 39 yildan beri davlatni boshqaryapti.

Pol Biyya

Pol Biyya esa 1982-yil 6-noyabrida, Ahmadu Axidjo kutilmaganda iste’fo berganidan so‘ng prezidentlik lavozimini egallagan. O‘shanda u 49 yoshda edi, hozir esa 85 ni qoraladi. O‘tgan 36 yildan beri u Kamerunning yakkayu yagona prezidenti bo‘lib turibdi.

«Top-10»ga kiruvchi prezidentlar necha yoshda?

  • Pol Biyya (Kamerun) — 85 yoshda
  • Abdul Aziz Buteflika (Jazoir) — 81 yoshda
  • Nursulton Nazarboyev (Qozog‘iston) — 78 yoshda
  • Teodoro Obiang (Ekvatorial Gvineya) — 76 yoshda
  • Yoveri Museveni (Uganda) — 74 yoshda
  • Isayyas Afeverki (Eritreya) — 72 yoshda
  • Idris Debi (Chad) — 66 yoshda
  • Emomali Rahmon (Tojikiston) — 65 yoshda
  • Vladimir Putin (Rossiya) — 65 yoshda*
  • Aleksandr Lukashenko (Belarus) — 64 yoshda.

*Emomali Rahmon (1952-yil 5-oktyabrda tug‘ilgan) Vladimir Putin (1952-yil 7-oktyabrda tug‘ilgan)dan ikki kunlik katta.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring