Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahonning zamonaviy monarxiyalari: qaysi qit’ada imperator, qirol va shohlar ko‘proq? Infografika

Jahonning zamonaviy monarxiyalari: qaysi qit’ada imperator, qirol va shohlar ko‘proq? Infografika

Foto: «Xabar.uz»

Zamonaviy dunyo xaritasida boshqaruvning monarxiya shaklini saqlab qolgan o‘nlab mamlakatlarni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalari, qaram davlatlar va protetoratlar ham bor bo‘lib, ular hamon ushbu mamlakat tojini tan olishadi.

Monarxiya shakliga ega mamlakatlar bo‘yicha Osiyo qit’asi yetakchilik qiladi. Yaponiya rahbari Akixito ayni paytda dunyodagi yagona boshqaruvchi imperator hisoblanadi. Maxa Vachiralongkorn hali toj kiymagan bo‘lsa-da, lekin Taylandni boshqaradi va 2016 yilda vafot etgan Pxumipon Adulyadetning vorisi sanaladi. Hayot paytida u mamlakatni eng uzoq boshqargan davlat rahbari sifatida tarixga kirgan. Shuningdek, monarxiya musulmon davlatlarda ham keng tarqalgan: Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Bruney, Iordaniya va boshqalar.

Yevropa qit’asida esa monarxial davlatlar soni cheklangan. Skandinaviya davlatlarida amaldagi qirolliklar hamon bor: Shvetsiyada qirol Karl XVI Gustav, Norvegiyada Harald V, Daniyada qirolicha Margrete II. Monarxiya Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, kichik davlatlar — Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Andorra, Monakoda ham saqlanib qolgan. Albatta, Buyuk Britaniyani unutish mumkin emas. Vindzor qirollik oilasining sulolasi hozirda butun dunyoga mashhur qirollik hisoblanadi. Boshqa qit’alarda monarxiya juda kam tarqalgan.

Yuqoridagi infografika orqali boshqaruvning monarxiya shakliga ega mamlakatlar bilan tanishib olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring