Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

19 December, 1919

Toshkentdagi 7-ShKSh shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Huquq 19/12, 14:59 0 10316

Poytaxtdagi 7-sonli shahar klinik shifoxonasi (7-ShKSh) xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi katta ehtimol bilan shifoxonaning jarrohlik bo‘limidagi ahvoldan kelib chiqib ko‘zg‘atilgani aytilmoqda. «Ish» Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan ochilgani inobatga olinsa, vaziyat jiddiyligidan biroz tasavvur hosil qilish mumkin. Zero, ayni moddada «Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik odam o‘limiga» sabab bo‘lganlik mazmunida bo‘lib, bu esa 7-ShKShga o‘z oyog‘i bilan kelgan qaysidir bemor tobutda chiqib ketganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, roppa-roca o‘n oy burun saytimizda mazkur shifoxonaning jarrohlik bo‘limidagi ahvol haqida «Bemorning hayoti muhimmi yoki «kimningdir» hurmati?» sarlavhali tanqidiy maqola chop etilgan edi. Shunga qaramay, hech qaysi idora, xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi ham unga munosabat bildirishni lozim topmagandi.

06 December, 1919

Andijonda advokat 10 ming dollar bilan ushlandi

Huquq 06/12, 15:44 0 3647

Andijonda advokat qo‘lga olingani aytilmoqda.

Manbamizga ko‘ra, Andijon shahridagi «LEX» advokatlik firmasi advokati X.X. bir fuqarodan «sud bilan gaplashib, ishini hal qilish» uchun 10 AQSh dollari so‘raydi. Kelishilgan pulni ishxonasi biqinida olayotganida tegishli organ xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.

Advokat shuncha pul evaziga fuqarolik ishini «hal qilmoqchi» bo‘lganmi yoki jinoyat ishinimi — hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Biroq manbamiz holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ehtimoli yuz foiz ekanini ta’kidladi.

03 December, 1919

Advokat IIB xodimiga «kalla qo‘ydi»!

Huquq 03/12, 17:18 0 6866

Voqelik shu yilning 3-dekabriga o‘tar kechasi Toshkentning Chilonzorida ro‘y bergani aytilmoqda.

«Black Rose» tungi klubida «chegaradan chiqib» ketgani uchun ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan U.Sh. navbatchilik qismi xodimining talablariga bo‘ysunmasdan uning yuziga «kalla qo‘yib», tan jarohati yetkazadi.

Manbamizga ko‘ra, «kalla qo‘ygan» shaxs «C.Protect» advokatlik firmasi advokati bo‘lib chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan U.Sh.ga nisbatan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

28 October, 1919

Xalq banki raisi «Mikrokreditbank»ka rahbar bo‘ldi

Insayder 28/10, 17:12 0 4477

Shu vaqtga qadar Xalq banki boshqaruv raisi lavozimida ishlab ketgan Murodullo Eshmatov «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Ushbu tayinlovni «Xabar.uz» manbasi tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, «Mikrokreditbank» ATB boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan O.Alimardonov shu yilning 24-oktyabr kuni bank faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari sabab ishdan bo‘shatilgan edi.

Murodullo Eshmatov esa 2019-yilning aprel oyida Xalq banki boshqaruv raisi etib tayinlangandi. U ushbu vazifaga o‘tishidan avval Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, Markaziy bank Raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

27 September, 1919

Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar tayinlandi

Insayder 27/09, 11:16 0 3828

Jo‘raboyev Abdurashid Abduvohidovich Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda «Davletovuz» kanali xabar berdi. 

Bungacha A.A.Jo‘raboyev Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

06 September, 1919

Farg‘onada MIB xodimi kaltaklandi

Insayder 06/09, 15:16 0 4359

Joriy yilning 30-avgust kuni MIBning Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisi M.O. o‘z xizmat vazifasini bajarish davomida qarzdor M.M.(1990-y.t.) ni «Uchariq» mahallasi xududida uchratib qolgan va aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlarini undirish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirish uchun uni o‘zi bilan birga MIB tuman bo‘limiga borishi lozimligini bildirgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, qarzdor M.M. uni haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 5-sentyabr tuman prokuraturasi tomonidan M.M nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Koson tumanida ham MIB xodimlariga kuch ishlatilgan edi. 

16 August, 1919

Kun fotosi: Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Kun.uz» jurnalistlariga tajovuz qilgan hokim o‘rinbosari

Hodisa 16/08, 10:36 0 9764

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov (oq futbolkada) va kechagi kun qahramoni — Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov (qora futbolkada), deb fotoxabar tarqatdi telegramdagi «Qo‘shni mahalla» kanali.

«Ayni daqiqalar. Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i yonida. Aftidan, kechagi voqealar muhokama qilinayotganga o‘xshaydi...», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14-avgust kuni Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahabov surishtiruv uchun oldiga kelgan «Kun.uz» xodimlariga tajovuz qilgan, ularning shaxsiy mulkiga zarar yetkazgandi.

Oliy Majlis deputati va boshqa tashkilotlar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosarining xatti-harakatlarini qoralab, uning javobgarlikka tortilishi masalasi ko‘rilishi lozimligini qayd etishgandi.

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, «Kun.uz» sayti muxbiri va Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari o‘rtasida yuz bergan noxush hodisaga aloqador barcha holatlarni aniqlashtirish uchun vaziyat o‘rganilmoqda. Hokimlik bugun soat 15:00 ga qadar voqea tafsilotlarini ma’lum qilishini bildirgan.

01 June, 1919

Hotamjon Ketmonov partiya raisligidan ketgani aytilmoqda

Jamiyat 01/06, 13:01 0 6753

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda. Bu haqda «Human.uz» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uning o‘rniga Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Inoyatov tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, H.Ketmonov XDPni 2013-yildan buyon boshqarib kelgan. U.Inoyatov esa 2018-yil iyun oyida rektorlikka tayinlangunga qadar, xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan.

22 May, 1919

Sarvar Otamurodov «Milliy tiklanish» partiyasidan ketdi

Jamiyat 22/05, 13:52 0 7093

Sarvar Otamurodov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan «Milliy tiklanish» partiyasi rahbarligidan ketgan. Bu haqda «Davletovuz» kanali xabar berdi.

Ushbu xabar yuzasidan «Milliy tiklanish» partiyasi matbuot xizmati bilan bog‘landik. Matbuot xizmati xodimi bu haqda hali xabari yo‘qligini bildirdi.

Qayd etilishicha, Sarvar Otamurodov «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi rahbari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Sarvar Otamurodov 2016-yilning dekabrida o‘tkazilgan O‘zbekiston prezidentligi saylovida «Milliy tiklanish» partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan.

 

21 May, 1919

Moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Iqtisodiyot 21/05, 22:33 0 6247

Aytishlaricha, Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Bu haqda telegramdagi «davletovuz» kanali xabar berdi.

U bungacha 2017-yilning iyul oyidan buyon Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi. Undan avval esa Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Timur Ishmetov 1979-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000-yili Toshkent Moliya institutining Moliya va kredit fakultetini, 2005-yili Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini, 2007-yili Toshkent Davlat Yuridik institutining «Huquqshunoslik» fakultetlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000-yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida iqtisodchi vazifasida boshlagan.

2017-yil aprel oyiga qadar turli lavozimlarda ishlab, Markaziy bankning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, Valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamentlariga rahbarlik qilgan.

Yana