Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilgi davlat budjeti: qayerga qancha sarflanadi?

2018-yilgi davlat budjeti: qayerga qancha sarflanadi?

Foto: «Centrawindows.com»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 29-dekabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 5,9 foiz darajasida rejalashtirilmoqda (2017 yilda bu ko‘rsatkich — 5,5 foizni tashkil etgan), inflyasiya esa 12,4–13,4 foiz darajada bo‘lishi kutilmoqda. O‘sish hajmi sanoat ishlab chiqarishda — 6,4 foiz, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarishda — 4 foiz, kapital sarmoyalarda — 6,5 foiz, chakana savdo aylanmasida — 5,6 foiz miqdorda bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Davlat budjetining profitsiti ilk marta YaIMga nisbatan 0,02 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Holbuki, 2017-yil va undan avvalgi yillarda davlat budjeti 1 foizlik defitsit bilan tasdiqlanar edi.

2018-yilda O‘zbekiston davlat budjetining asosiy parametrlari

Daromadlar, mlrd. so‘m (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) — 62.229,5

Bevosita soliqlar — 12.805,4

Yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliqlar — 2.510,9
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun YaSTdan ajratmalar — 1.907,6
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun YaSTdan ajratmalar — 2.110,5
Jismoniy shaxslarning daromad soliqlari — 5.198,8
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha belgilab qo‘yilgan soliq — 1.077,6
Bilvosita soliqlar — 33.404,3

Qo‘shilgan qiymat solig‘i — 22.019,4
Aksiz solig‘i — 8.343,8
Bojxona boji — 1.415,3
Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq — 1 323,2
Abonentlik raqamini ishlatganlik uchun to‘lov — 302,5
Resursga doir to‘lovlar va mulk solig‘i — 9.714,5

Mol-mulk solig‘i — 2.158,9
Yer solig‘i — 1.266,6
Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq — 6.203,1
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 85,9
Qo‘shimcha foydadan soliq — 1.367,7

Boshqa daromadlar va soliqqa oid bo‘lmagan boshqa tushumlar — 4.937,6

Davlat maqsadli fondlari (Moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi respublika yo‘l fondi, Moliya vazirligi qoshidagi budjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondi, Bandlikka ko‘maklashish davlat fondi, davlat mulklarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar fondi) — 31.451,9

O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi daromadlari — 5.463,5

Xarajatlar, mlrd. so‘m (davlat maqsadli fondlari ishtirokisiz) — 62 170

Ijtimoiy xarajatlar — 35.034

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar — 34.664

ta’lim — 19.504,3
shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — 1.077,2
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarini qo‘llab-quvvatlash fondiga — 110,6
sog‘liqni saqlash — 9.562
shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — 803,6
madaniyat va sport — 1.165,4
fan — 389,3
shundan ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar — 26,5
ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va konpensatsiya uchun pul to‘lovlari — 3.150,8
jamoat ishlarini tashkil qilish — 714
Turar joy binolarini qurish dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun ishtirokchi banklariga kredit liniyasi — 370

Nodavlat-notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlar — 15

Iqtisodiyotga xarajatlar — 6.957,8

ulardan suv xo‘jaligining ekspluatatsion xarajatlari — 2.741,8
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar — 528,3
davlat ehtiyojlari uchun kam hosilli yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar — 330
aholi punktlarini obodonlashtirish bo‘yicha ishlar — 1.116,4
tabiatni muhofaza qilish ishlari — 307,1
uyjoy-kommunal ishlar — 230,3
ichimlik suv ta’minoti tizimini rivojlantirish — 584,7
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar (Moliyalashtirilishi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi orqali amalga oshiriladigan davlat rivojlantirish dasturiga qo‘shilgan loyihalar) — 3.047,6

Davlat hokimiyati organlari, boshqaruv, adliya va prokuraturani ta’minlash — 2.189,8

Sud organlarini ta’minlash — 219,7

Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv organlarini ta’minlash — 640,5

Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi, Qoraqalpog‘iston respublika budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent shahri budjeti, tuman va shaharlar budjetlari zaxira fondlari — 520,2

Boshqa xarajatlar — 13.545,4

Davlat budjeti profitsiti — 59,5

Davlat maqsadli fondlari xarajatlari — 31.451,9

O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi xarajatlari — 8.979

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring