Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

300 million so‘mlikdan ziyod noqonuniy tovarlar savdosiga chek qo‘yildi

300 million so‘mlikdan ziyod noqonuniy tovarlar savdosiga chek qo‘yildi

Foto: «Xabar.uz»

Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktyabrdagi 850-son qarori). Bunga muvofiq, ayrim yo‘nalishlarda faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlarini sotish faoliyatini yuritishga faqatgina yuridik shaxs tashkil etganda ruxsat etilali.

Qaror ijrosi yuzasidan Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida profilaktik suhbatlar, uchrashuvlar olib borilmoqda, ularda soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yangiliklardan boxabar qilish bilan birgalikda tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishlari uchun zarur huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda. Shunga qaramay qonunlardan «sakrab o‘tishga» urinayotganlar ham uchrab turadi.

Yaqinda Sirdaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasining «Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi» bo‘limi tomonidan Guliston shahridagi «Sayxun Baraka savdo» MChJga qarashli bozor hududida o‘tkazilgan o‘rganish reyd tadbiri davomida fuqaro Anvar Hojiyev (ismlar o‘zgartirilgan) tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan aholiga qurilish mahsuloti (yog‘och) savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, daliliy ashyo sifatida 8 turdagi umumiy qiymati 148 mln. 800 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklari belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Mazkur hududda fuqarolar Qodir Oripov, Jabbor Umarovlar ham noqonuniy ravishda yog‘och savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi.

Bugun mamlakatimizda tadbirkorlar uchun ozmuncha imkoniyat, sharoit va imtiyozlar yaratilmoqdami? Shu yilning o‘zida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi 2018-yilga nisbatan o‘rtacha 30 foizga pasaytirilgan. Shu bilan birga yuridik shaxs hisoblagan korxona va firmalar uchun soliq stavkalarida ham yengilliklar berilib, majburiy ajratmalar bekor qilindi. Qonunlarga rioya etgan holda faoliyat yuritishga qanday to‘siq yoki monelik bor? Hech qanday! Demak, to‘g‘ri va halol ishlash kerak. Baraka shunda. Aks holda... bu yog‘i tushunarli bo‘lsa kerak.

Ilg‘or Xalilov,
Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi
katta inspektori

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring