Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqariladi

50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqariladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shu yilning 2 iyulidan boshlab ellik, yuz, ikki yuz va besh yuz so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilishini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Bayonotda ma’lum qilinishicha, 2001-2002, 2004 va 2009 yillarda chiqarilgan eski namunadagi 50 hamda 100 so‘mlik tangalar 2019 yilning 1 iyuliga qadar hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinadi va bankka kelib tushgan ushbu tangalar qayta muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar ham 2019 yilning 1 iyuliga qadar muomalada bo‘ladi.
200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar esa 2020 yil 1 iyulga qadar qabul qilinadi va shundan so‘ng muomaladan chiqariladi.

Eski namunadagi tangalar va banknotlarni yangi namunadagi tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab banklar orqali yangi tangalarga almashtirib olish mumkin. Eski namunadagi 200 va 500 so‘mlik banknotlarni esa 2019 yil 1 iyuldan boshlab bank kassalarida almashtirish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring