Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 ta tumanda soliq inspeksiyasi boshliqlari almashdi

9 ta tumanda soliq inspeksiyasi boshliqlari almashdi

Foto: Soliq qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga ko‘ra 9ta tuman davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Aydos Iskenderovich Seitov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Aydos Seitov 1985-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009-yilda Toshkent davlat agrar universitetini «Iqtisodchi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U soliq xizmatining III darajali maslahatchisi. Soliq organlaridagi faoliyatini 2010- yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining Ruxsatnoma byuro navbatchisi lavozimidan boshlagan.

Bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi.

Lochinbek Inomidinovich Qurbonov Andijon viloyati Izboskan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Lochinbek Qurbonov 1988-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2010- yilda Andijon qishloq xo‘jaligi instituti «Iqtisodchi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi bo‘lgan Lochinbek Qurbonov Soliq organlaridagi faoliyatini 2011-yilda Andijon shahar DSI Yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni yig‘ish va mablag‘larni to‘liq tushishini nazorat qilish sho‘’basi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

U bungacha Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Qobiljon Sobirovich Ablazov Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1972-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yilda Farg‘ona politexnika institutini «Iqtisodchi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U bunga qadar Andijon viloyati Asaka tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Elmurod Inomovich Mo‘minov Andijon viloyati Ulug‘nor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1983-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2004-yilda Farg‘ona soliq kollejini tamomlagan, 2008-yilda Soliq akademiyasini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi Elmurod Mo‘minov Soliq organlaridagi faoliyatini 2008-yilda Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish sho‘’basi bosh inspektorligidan boshlagan.

U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

Orzumurod Fayzullayevich Umarov Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Orzumurod Umarov 1976-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007-yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini «Agronom hisobchi, avtotransport korxonalari menejmenti» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi bo‘lgan Umarov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Sherali Oltinovich Berdiyev Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 1978-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1997-yilda Buxoro kooperativ texnikumini tamomlagan. 2011-yilda Soliq akademiyasini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi Sherali Berdiyev Soliq organlaridagi faoliyatini 1999-yilda Navoiy viloyati Navoiy tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi uchastka davlat soliq inspektori, katta inspektori lavozimidan boshlagan.

Sh.Berdiyev bundan avval Navoiy viloyati Tomdi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Alijon Hamzayevich Ro‘zimurodov Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Alijon Ro‘zimurodov 1985-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2007- yilda Navoiy davlat pedagogika institutini, 2010-yilda Toshkent moliya institutini «Soliq va soliqqa tortish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi bo‘lgan Alijon Ro‘zimurodov soliq organlaridagi faoliyatini 2007-yilda Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi ish yurituvchisi sifatida boshlagan.

U bunga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi Kadrlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Vohidjon Vahobovich Bababekov Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Vohidjon Bababekov 1977-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1996- yilda Farg‘ona industrial texnikumini, 2006-yilda Farg‘ona politexnika institutini «Buxgalteriya hisobi va xo‘jalik tahlili, moliyachi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi bo‘lgan Vohidjon Bababekov soliq organlaridagi faoliyatini 1996-yilda Farg‘ona viloyati Quva tumani davlat soliq inspeksiyasi Hisob-kitob, tahlil va soliq statistikasi bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

U bunga qadar Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nurlibek Shakarboyevich Qoraboyev Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nurlibek Qoraboyev 1985-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini «Iqtisodiyot» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Soliq xizmatining I darajali inspektori bo‘lgan Nurlibek Qoraboyev soliq organlaridagi faoliyatini 2012-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga soliq solish bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

N.Qoraboyev bundan avval Samarqand viloyati Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring