Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisher Usmonov oilaviy Britaniya sanksiyasiga tushdi

Alisher Usmonov oilaviy Britaniya sanksiyasiga tushdi

Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya kecha, 13 aprel kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirgan va unga yana 206 nafar tadbirkor, siyosatchi va ularning oila a’zolari qo‘shilgan, ularning orasida asli o‘zbekistonlik 3 kishi ham bor.

Ulardan biri USM xolding asoschisi, yaqinda o‘zi ham sanksiyaga tushgan Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovadir. U O‘zbekistonda tug‘ilgan, ammo hozir Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, Ismoilovaga Buyuk Britaniyaga kirish va mamlakatda qolish taqiqlangan.

O‘zbekistonda Gulbahor Ismoilova Toshkentdagi Fedorovich nomidagi klinik sanatoriy ta’sischilari qatoriga kiritilgani (82,1 foiz) aytiladi. Shuningdek, Usmonov unga bir qism mol-mulkini o‘tkazgani, jumladan, Dilbar yaxtasining yagona egasi qilib qo‘ygani sababli YeI unga qarshi allaqachon sanksiyalar joriy etgan, aktivlari muzlatilgan.

Alisher Usmonovning yana bir singlisi Saodat Narziyevaga nisbatan ham sanksiya qo‘llangan. Aytilishicha, S.Narziyeva Toshkentda akusher-ginekolog bo‘lib ishlaydi, Humon Quality xususiy klinikasiga ega. Uning Buyuk Britaniyadagi aktivlari muzlatib qo‘yiladi va unga bu davlatga kirish taqiqlanadi.

O‘zbekiston fuqarosi Nigina Zoirova Rossiya Alfa-bankining asosiy egasi Mixail Fridmanning ijrochi yordamchisi sifatida qayd etilgan. Sanksiyaga ko‘ra, u tadbirkor sanksiyalar ostida qolganidan keyin uchta aktivning egasi bo‘lgan. Buyuk Britaniyada u ushbu uchta kompaniyada Fridman nomidan ish olib boradi, deb hisoblashadi. Nigina Zairovaning Buyuk Britaniyadagi aktivlari ham muzlatib qo‘yiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring