Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aprelda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi mumkin

Aprelda yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi mumkin

Foto: «Regulation.gov.uz»

2020-yilning 1-aprelidan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilishi mumkin. Hukumatning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, eski namunadagi aksiz markalari yangi namunadagi aksiz markalari joriy etilgan kun (2020-yil 1-aprel)dan boshlab to‘qqiz oy o‘tgach (2020-yil 31-dekabr) markalanmagan deb hisoblanadi va belgilangan tartibda olib qo‘yiladi.

Xususan, 2021-yilning 1-yanvaridan boshlab eski namunadagi aksiz markalari bilan markalangan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash, ularning olib kirilishi, ishlab chiqarilishi hamda olib qo‘yish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Taklif etilayotgan yangi markalar namunalari fotosuratlarda ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring