Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Aloqabank» xalqaro tashkilotning «Yil kashfiyoti-2018» mukofoti bilan taqdirlandi

«Aloqabank» xalqaro tashkilotning «Yil kashfiyoti-2018» mukofoti bilan taqdirlandi

Foto: «Aloqabank»

AT «Aloqabank» «UnionPay International» xalqaro to‘lov tizimining «Yil kashfiyoti-2018» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

«Yil kashfiyoti-2018» mukofoti 2019-yilning yanvar oyida «UnionPay International» kompaniyasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy rahbari Chjang Chengdung, AT «Aloqabank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari N.Nasretdinova va YaUPM MChJ QK bosh direktori o‘rinbosari F.Nigmatovlar ishtirokida «Aloqabank» bosh ofisida tantanali ravishda topshirildi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida AT «Aloqabank» «UnionPay International» va «UzCard» to‘lov tizimlari bilan hamkorlikda kontaktsiz kobeyj kartalarini milliy miqyosda muomalaga chiqarish bo‘yicha unikal loyihani amalga oshirgandi. Bu kartaning eng asosiy afzalligi shundaki, undan ham O‘zbekistonda, ham dunyoning 170 ta davlat va mintaqalaridagi «UnionPay International» xalqaro to‘lov tizimining infratuzilmasida foydalanish mumkin. Kobeyj kartalaridan O‘zbekiston hududida milliy valyutadagi karta kabi, chet elda esa tezkor konvertatsiya evaziga xorijiy valyutada to‘lovlar o‘tkazish va bankomatdan naqd pul yechish uchun foydalanish mumkin.

Hozirgi vaqtda AT «Aloqabank» tomonidan 30 mingga yaqin kontaktsiz kobeydj plastik kartalari muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shu qisqa vaqt ichida ular bo‘yicha dunyoning 24 ta davlatida tranzaksiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

AT «Aloqabank» joriy yilda kobeyj kartalari orqali amalga oshiriladigan xizmat turlarini kengaytirishni rejalashtirgan: internet-do‘konlarda onlayn xarid, elektron xalqaro pul o‘tkazmalari va boshqalar.

Yana bir ma’lumot: AT «Aloqabank» O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan barcha emitent-banklar uchun «UnionPay» kobeyj kartalari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitob banki vazifasini bajaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring