Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Emomali Rahmon hamrohligida Tursunzoda shahridagi «Talko» davlat unitar korxonasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu zavod 1975-yilda qurilgan. 2007-yilda «Tojikiston alyuminiy kompaniyasi» davlat unitar korxonasiga aylantirilgan. Bugungi kunda «Talko» tog‘-kon va kimyo-metallurgiya sohalarida ko‘plab korxonalarni birlashtirgan.

Joriy yil iyul oyida O‘zbekistonning «Krantas grupp» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi hamkorligida «Talko-Krantas» maxsus texnikalar zavodi tashkil etildi. Mazkur qo‘shma korxonada avtokranlar, traktor pritseplari, yarimtirkamalar va boshqa maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining tashrifi chog‘ida ushbu istiqbolli loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring