Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh O‘zbekistondagi kompaniyani «qora ro‘yxat»ga kiritdi

AQSh O‘zbekistondagi kompaniyani «qora ro‘yxat»ga kiritdi

Seshanba kuni AQSh Savdo vazirligi to‘qqiz mamlakatning 36 ta kompaniyasini AQShning xalqaro sanksiyalar qonunlarini buzgani uchun AQSh texnologiyalari va tovarlariga bo‘lgan ruxsat cheklangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi.

Cheklovchi ro‘yxatdan Xitoyda joylashgan 25 ta, shuningdek Rossiya, BAA, Litva, Pokiston, Singapur, Buyuk Britaniya, Vetnam va O‘zbekistondagi kompaniyalar o‘rin olgan.

Cheklovlarga, xususan, O‘zbekistondagi Promcomplektlogistic xususiy korxonasi ham kiritildi. Ushbu kompaniya va Xitoy, Litva, Vetnam va Buyuk Britaniya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa bir qator korxonalar rus qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirishidan keyin kuchga kirgan sanksiyalar rejimini buzgani uchun «Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlash»da gumon qilinmoqda.

Qora ro‘yxatga kiritilgan shaxslarga mahsulot yoki xizmatlar yetkazib berishni xohlovchi AQSh kompaniyalari Savdo vazirligidan maxsus litsenziya olishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G7 davlatlari Rossiya oltiniga sanksiya kiritish bo‘yicha kelishgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring