Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armaga direktor tayinlandi

Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armaga direktor tayinlandi

Foto: Moliya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga Ashrafxanov Baxrom Baxodirovich tayinlandi.

Bahrom Ashrafxanov 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kentukki universitetini xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, davlat moliyasi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mexnat faoliyati davomida respublikamizda sug‘urta bozorini shakllantirish va rivojlantirish, davlat moliyasini boshqarishning g‘azna ijrosi tizimini respublika va mahalliy budjetlariga joriy etish, shuningdek ijtimoiy soha ob’yektlarini g‘aznachilik tizimiga o‘tkazish jarayonlarida faol ishtirok etgan saloxiyatli rahbar hisoblanadi. Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shgan.

2002-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinchi urinbosari.

2007-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi boshlig‘i – Moliya vaziri o‘rinbosari.

2016-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2019.02-2019.09 - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring