Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Banklarda valyuta sotish to‘xtatilgani bo‘yicha xabarlarga javob berildi

Banklarda valyuta sotish to‘xtatilgani bo‘yicha xabarlarga javob berildi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun 16-aprel kuni qator banklarda jismoniy shaxslarga xorijiy valyutalar sotish yuzasidan muammolar bo‘layotgan xususida xabar tarqaldi. 

Markaziy bank matbuot kotibi Akmal Nazarovga ko‘ra, valyuta sotish bo‘yicha dasturda texnik nosozlik bo‘lgani uchun jarayonni amalga oshirish imkoni bo‘lmayapti.

«Markaziy bankdan tijorat banklariga xorijiy valyutani sotmaslik bo‘yicha topshiriq berilmagan. Bu kunning ma’lum bir vaqtida ro‘y bermoqda, kun davomidagi holat emas. Muammo tez orada bartaraf etiladi», — deydi Nazarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring