Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Besh tuman hokimi ikki oylik ish haqidan ayrildi

Besh tuman hokimi ikki oylik ish haqidan ayrildi

Foto: «Sputnik»

Toshkent viloyati hokimining 13-oktyabrdagi farmoyishiga asosan Pskent, Bekobod, Bo‘ka, Chinoz, Yangiyo‘l tumani hokimlari ikki oylik maoshidan ayrildi. Bu mablag‘ davlatga qaytariladi, deb xabar bermoqda «Turon24».

Hujjatda qayd etilishicha, hokimlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi «2018-yil hosili paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun mazkur chora ko‘rilgan. Bundan tashqari, tuman uchun belgilangan kunlik reja bajarilmasa, ular ishdan ozod etilishi haqida ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12-oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati fermerlari va qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan uchrashib, paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni yog‘inli kunlarga qoldirmay yig‘ib olish zarurligini ta’kidlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring