Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boysun tumanida yangi zavod ishga tushishi kutilmoqda

Boysun tumanida yangi zavod ishga tushishi kutilmoqda

Boysun tumanidagi bir paytlar qarovsiz qolgan joy Eriell kompaniyasi hisobidan obodonlashtirilib, yangi ziyoratgohga aylantirildi. Ziyoratgohning nomi «Jiydali ota» bo‘lib, tuman tarixida o‘ziga hos o‘rin tutadi.

Kompaniya tomonidan ziyoratgohda iftor marosimi tashkil etib berildi. E’tiborli tomoni, tumanda Eriell tashabbusi bilan 5000 ish o‘rniga ega yangi korxona ishga tushishi kutilmoqda.

2019 yilning 24 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» (M25) konida yangi gaz qudug‘i ochilgan edi. Gazning o‘rtacha kunlik oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi. Olingan tabiiy gazning sanoat oqimi bu yerning gazga to‘yinganligidan dalolat beradi.

Burg‘ulash va quduqlarni qurish ishlari Markaziy Osiyo, Rossiya va Yaqin Sharqda katta tajribaga ega «ERIELL» kompaniyasi ishtirokida «SURHAN GAS CHEMICAL OPERATING COMPANY» kompaniyasi tomonidan mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim doirasida amalga oshirildi.

Boysun tumanida 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda yiliga 5 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod ishga tushishi kutilmoqda. 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda 1,5 milliard kub metr gazni qayta ishlash hisobiga yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega gaz-kimyo majmuasi barpo etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring