Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu ko‘zbo‘yamachilik emasmi?» — davlat rahbari soyadagi iqtisodni tanqid qildi

«Bu ko‘zbo‘yamachilik emasmi?» — davlat rahbari soyadagi iqtisodni tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, sohalar kesimida sanoatda – 3 trillion so‘m, savdo va xizmat ko‘rsatishda – 2,1 trillion so‘m, qishloq xo‘jaligida – 1,8 trillion so‘m, qurilishda – 978 milliard so‘m, transport
va kommunikatsiyada – 547 milliard so‘mlik muammoli kreditlar vujudga kelgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kreditlarni qaytarish bo‘yicha mas’ullarga murojaat qildi.

Hududlar kesimida Jizzax, Samarqand Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining har biriga qariyb 1 trillion so‘mdan muammoli kreditlar to‘g‘ri kelmoqda.

Bu mablag‘larni qaytarishga Bosh vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor va tijorat banklari rahbarlari shaxsan javob beradilar, — dedi davlat rahbari.

Prezident ikkinchi chorak yakuniga qadar qarzdorlikning 25 foizi, yil yakunigacha esa 100 foiz qaytarilishi lozimligini ta’kidladi.

Bosh vazir o‘rinbosaralari viloyat hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda o‘z kompleksiga kiruvchi korxonalarning muammoli qarzdorligini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ikkinchi chorak yakuniga qadar ularning kamida 25 foizini, yil yakuniga qadar esa 100 foiz qaytimini ta’minlash bo‘yicha hududlar va tarmoqlar kesimida jadvalni tasdiqlasin.

Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlik dasturlari bo‘yicha 466 milliard so‘mlik muammoli qarzdorliklarni undirishga Zoxidov, Xolxo‘jayev viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari bilan birga mas’ul va javobgar bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qarzdorlik Qoraqalpog‘istonda – 14 milliard so‘m, Andijon – 68 milliard so‘m, Buxoro – 13 milliard so‘m, Jizzax – 27 milliard so‘m, Qashqadaryo – 39 milliard so‘m, Navoiy – 24 milliard so‘m, Namangan – 67 milliard so‘m, Samarqand – 44 milliard so‘m, Surxondaryo – 35 milliard so‘m, Sirdaryo – 48 milliard so‘m, Toshkent viloyati – 19 milliard so‘m, Farg‘ona – 41 milliard so‘m, Xorazm – 16 milliard so‘m va Toshkent shahrida – 10 milliard so‘m ekani ma’lum qilindi.

Yig‘ilish davomida Qashqadaryo viloyatida – 477 ta, Surxondaryo viloyatida – 463 ta, Qoraqolpog‘istonda – 424 ta, Xorazm viloyatida – 415 ta, Namanganda – 414 ta Andijonda – 370 ta, Farg‘onada – 356 ta loyiha bilan muammoli holat yuzaga kelgani ma’lum qilindi.

Prezident ushbu holatni «ko‘zbo‘yamachilik» deya baholadi.

Bu raqamlar hudud va tarmoqlardagi loyihalar faqatgina kredit olish maqsadida, «ko‘zbo‘yamachilik» uchun amalga oshirilayapti, degani emas-mi?

Joylarda kredit hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning aksariyatida infratuzilmaga ulash, texnolog, marketolog topishda yordam berish, mahsulot bozorini topish orqali, uni sotishga ko‘maklashish yo‘lga qo‘yish bo‘yicha birorta tarmoq, hudud, sektor va tijorat banklari rahbarlari tizimli ishlarni tashkil etmayaptilar.

Qo‘chqorov, Umurzoqov, Qudbiyev, Zoxidov viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor va tijorat banklari rahbarlari bilan birga, ikki oy muddatda ushbu korxonalar muammolarini aniqlab, ularni «soyadan» chiqarish choralarini ko‘rsin, — dedi davlat rahbari.

Prezident yig‘ilish davomida raqamlarni bo‘rttirib ko‘rsatish holatlari va kreditlarning maqsadli ishlatilishi bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish hamda aybdorlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring