Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda O‘zbekiston-Hindiston agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda O‘zbekiston-Hindiston agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi

Buxoro yoshlar markazida O‘zbekiston va Hindiston davlati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston-Hindiston Agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi. Forum Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va viloyat Savdo-sanoat boshqarmasi va Hindiston hamkorligida tashkil etildi. Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan Forumga Gujarat bosh vaziri janob Vijay Ramniklal Rupani hamda Gujarat shtati ishbilarmonlari tashrif buyurdi.

Agrar sohada viloyatda yiliga 320 ming tonna paxta, 450 ming tonna g‘alla, 2 ming tonna pilla, 1,2 million tonna mava-sabzavot va 150 ming tonnadan ziyod poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Shuningdek, 240 ming tonna go‘sht, 950 ming tonna sut, 4 ming tonna qo‘y juni, 440 ming dona qorako‘l teri, 7 ming tonna baliq, 4,4 million bosh parranda va 436 million dona tuxum kabi mahsulotlar yetishtiriladi va tayyorlanadi.

Bundan ilgari o‘tkazilgan Xalqaro Forumlar natijasiga ko‘ra, «Buxoro-Agro» erkin iqtisodiy zonasida 3,3 ming gektar yer maydonda zamonaviy texnologiyalar asosida issiqxonalar qurish ishlari boshlangan. 1,0 ming gektarga yaqin maydon 143 ta loyiha bo‘yicha 450 million dollar qiymatidagi investitsiyalarni yo‘naltirish maqsadida tadbirkorlarga berilgan. Bundan tashqari, Buxoro tumanida Turkiyaning «Varnet» kompaniyasi tomonidan 100 million dollarga yaqin xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. 32 gektar yerda oynavand issiqxona barpo etish ishlari jadal davom etmoqda.

Ayni paytda Buxoroda 200 dan ortiq xorijiy korxonalar mavjud bo‘lib, hindistonlik investorlar ishtirokida 10 ga yaqin qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Laylo Hayitova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring