Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda tabiiy gaz olinadigan yangi quduq ochildi

Buxoroda tabiiy gaz olinadigan yangi quduq ochildi

Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Uzunshor» gazkondensat konidagi 12-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatilib, quduqqa 2464-2417m intervallar oralig‘ida filtr tushirildi.

Quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Uzunshor» gazkondensat koni Buxoro viloyatining Olot tumanida joylashgan bo‘lib, 2019 yil noyabr oyida ishga tushirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring