Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Budjet tashkilotlari maoshlari to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi

Budjet tashkilotlari maoshlari to‘liq plastik kartaga o‘tkaziladi

Foto:«Xabar.uz»

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov  Xalqaro press klubning navbatdagi yig‘ilishida budjet sohasidagi ishchilarning oylik maoshlarini to‘liq plastik kartaga o‘tkazilishi haqidagi rejalarni ma’lum qildi. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda. 

«Hozir Toshkentda Humo to‘lov tizimi ishga tushirilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni to‘liq plastik kartaga o‘tkazishdir. Hozir 2000 dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturiy ta’minotlar o‘rnatilmoqda. Biz naqd valyutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala to‘liq hal bo‘ladi», degan Markaziy bank rahbari.

Nurmuratov aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishni joriy etishni boshlab yuborgan.

Avvalroq, Markaziy bank rahbari nafaqa pullarini naqd ko‘rinishda berilishini to‘xatatish va har bir mahalla hamda xizmat ko‘rsatish joylariga bankomatlar o‘rnatish borasidagi rejani ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring