Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamakiga qancha aksiz solig‘i to‘lanishi ma’lum qilindi

Chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamakiga qancha aksiz solig‘i to‘lanishi ma’lum qilindi

«Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ-4665-son, 06.04.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot»da ma’lumot berilgan.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 iyundan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan shimiladigan (snyus), chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aksiz solig‘i kiritiladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari qo‘shimcha pozitsiyalar bilan to‘ldiriladi.

Unga ko‘ra, qator tamaki mahsulotlarining aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari belgilandi.

Jumladan, 2020 yil 1 iyundan chekiladigan tamakining 1 kilosi uchun 25 AQSh dollari miqdorida aksiz solig‘i solinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring