Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat budjeti haqida ochiq ma’lumotlar berilmoqda

Davlat budjeti haqida ochiq ma’lumotlar berilmoqda

Foto: skrinshot

Moliya vazirligi davlat budjetining shaffofligi va keng jamoatchilik vakillarini davlat boshqaruvi, davlat xarajatlari ustidan jamoatchilik nazorati jarayoniga jalb qilish ustida ishlamoqda. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, openbudget.uz portali davlat budjetining ijrosi, uning parametrlari, tarkibiy qismlari va prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, u fuqarolarga mahalliy budjetlar xarajatlari yo‘nalishlarini o‘zlari belgilashlari imkonini beradi.

Moliya vazirligining Axborot xizmati mas’ul boshqarmalar bilan birgalikda vazirlikning rasmiy veb-sahifalarida quyidagi ma’lumotlarni joylashtiradi:

  • davlat budjetining daromad va xarajatlar qismi, shuningdek davlat xaridlari tizimida tuzilgan shartnomalar to‘g‘risida;
  • vazirliklar va idoralarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek davlat dasturlari doirasida turli sohalarga ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida hisobot.
Foto: Moliya vazirligi
Foto: Moliya vazirligi
Foto: Moliya vazirligi

Ko‘rsatilgan ma’lumotlarni «Kun raqami», «Hafta raqami», «Oy raqami» ruknlarida kuzatib borish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring