Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar yana oshdi, yevro esa tushdi

Dollar yana oshdi, yevro esa tushdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 30-aprelidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta o‘sishi kuzatilgan dollarning rasmiy kursi o‘tgan haftada pasaygandi.

Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi +4,13 so‘mga oshib, bir dollar narxi 8445,49 so‘mga yetdi.

Yevro esa bu haftada ham arzonladi (-61,42) va 9415,03 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli -1,51 so‘mga tushdi va 130,27 so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring