Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollarning rasmiy kursi 8700 so‘mlik «dovon»ni zabt etdi

Dollarning rasmiy kursi 8700 so‘mlik «dovon»ni zabt etdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilning 6-avgustidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Yangi qiymatga ko‘ra, AQSh dollari kursi haftadagi kursga nisbatan 38,16 so‘mga oshib, 8704,87 so‘mni tashkil etdi. Bu rasmiy kursning ilk bor 8700 so‘mlik «dovon»dan oshishi bo‘ldi.

Yevro kursi ham oshdi (+26,79) va bir yevro 9668,50 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 2,78 so‘mga arzonlab, 133,85 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring