Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«ECO SERGELI». Yangicha hayot hududi

«ECO SERGELI». Yangicha hayot hududi

Foto: ECO SERGELI QURILISH

Poytaxtimizning Sergeli tumanida yangi turarjoy majmuasini bunyod etish ishlari boshlandi. Qurilish ishlarida eng yetakchi texnologiyalar qo‘llanilmoqda.

«ECO SERGELI» — Toshkent markazidan bir necha kilometr masofada joylashgan Sergeli tumanidagi turarjoy majmuasidir. «ECO SERGELI» TJ majmuasidan uy sotib olish orqali qulay va sog‘lom turmush tarzini olib borish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz. Har qanday bahsdan holi ustunliklarni baholash shunchaki mumkin emas. Bu ustunliklardan faqat foydalanish kerak!

Majmua ko‘plab xonadonlarni o‘z ichiga olgan to‘qqiz qavatli uydan iborat. Imorat devorlari energiya tejaydigan, yong‘inga chidamli va ekologik toza g‘ishtdan tiklangan. Xonadonlarning zamonaviy planirovkasi esa hayotingizni qulayliklarga chulg‘aydi.



Imoratni bino etishda asosiy e’tibor pardozlash materiallariga qaratilgan. Ular yetakchi mutaxassislar tomonidan maxsus tanlab olingan bo‘lib, poytaxtning quyoshli kunlari va ob-havo sharoiti inobatga olingan. Monolit-g‘ishtli uylar individual loyiha asosida qurilmoqda va kvartiralar planirovkasi yangicha, yana-da qulay holatga keltirilgan.

«ECO SERGELI» uylarining tashqi ko‘rinishiga tabiiy marmardan bezak beriladi. Bu esa uzoq yillar davomida yashab turgan uyingizning ko‘rinishidan bahra olib, ta’mirlash va bo‘yoq ishlaridan holi bo‘lish imkonini taqdim etadi. Shu bilan birga tabiiy marmar xonadoningiz qishda issiq, yozda esa salqin bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek konditsionerga ortiqcha kuch berib, behuda pul sarflash ham shart emas.

«ECO SERGELI» — eng kichik jihatlargacha o‘ylangan loyiha. Bu yerda bolalar maydonchasi ham, shaxsiy avtomobilingiz uchun turargoh ham, ko‘kalamzor maydon va obod hovli ham bo‘ladi. Shu bilan birga ko‘pqavatli uy hovlisi qo‘riqlanadigan hududga aylantirilib, kirish ruxsatnomasi elektron tarzda berilishi rejalashtirilgan.

Yana bir muhim jihat shundaki, xonadonlar ayvoni va derazalariga maxsus ishlab chiqarilgan, tejamkor va uch kamerali «Imzo» oynalari o‘rnatiladi. Bu esa uzoq yillar samarali foydalanish, xonadoningizni havodagi zararli ajratmalardan va ortiqcha ultrabinafsha nurlardan himoyalash imkonini beradi va hayotingizni maksimal darajada qulay qiladi. Endi tinch va xotirjam hayot hech qachon xonadoningizdan arimaydi!

Barcha xonadonlar avtonom isitish tizimi bilan jihozlanadi, natijada har bir xonadonda alohida mikroiqlim yaratish imkoni paydo bo‘ladi. Isitish tizimini loyihalash, ishlab chiqarish, jihozlash va qurilish tizimiga kiritish bilan Yevropadan tashrif buyurgan mutaxassislar shug‘ullanmoqda. Bu esa «ECO SERGELI» uylarida istiqomat qiluvchilarga «aqlli» texnologiyalar yordamida tejash imkonini beradi.

«ECO SERGELI» joylashgan tuman xiyobonlar hududi bilan o‘ralgan, bu esa shahar markazidan bor-yo‘g‘i 10 daqiqalik masofadan tinch xonadon sotib olish mumkin, deganidir. Bu yerdan axoli uchun kerak bo‘ladigan barcha qulayliklarni topish mumkin — ko‘plab savdo markazlari, do‘konlar va maishiy xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar bor. Dam olish xiyoboni, restoran va kafelar esa «bir qadam» masofada.

Yana bir qulaylik Janubiy temir yo‘l vokzali va mahalliy aeroportning yaqinligidir.

Ko‘plab qurilish kompaniyalari o‘z mijozlari uchun uchun aksiyalar o‘tkazmoqda. ECO SERGELI QURILISH kompaniyasi ham o‘z navbatida 2020 yilda qurilib, foydalanishga topshiriladigan «ECO SERGELI» turarjoy majmuasidan uy olish istagida bo‘lganlar uchun o‘ziga hos imkoniyat taqdim etadi.

Faqat 2019 yilning 1 dekabriga qadar xonadon sotib olishga ulguring va 10% chegirmaga ega bo‘ling. Kvartiraga ega bo‘lish uchun bunday qulay vaziyatni qo‘ldan boy bermang!

Uy hayotingizni baxtli o‘tkazishingiz uchun qulay va shinam bo‘lishi kerak va biz barchasini Siz uchun o‘ylab qo‘yganmiz!

Chegirma olishni istaysizmi? Ma’lum muddatga to‘lovni kechiktirishnichi? Maslahat kerakmi?

Bizning menejerga qo‘ng‘iroq qiling va batafsil ma’lumot oling:

+998 90 3221777
+99890 9830703

Web-site: www.ecosergeli.com
Instagram: https://www.instagram.com/ecosergeli/
Facebook: facebook.com/ecosergeli
Telegram: https://t.me/ecosergeli

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring