Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga ilk kreditlarni ajratadi

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga ilk kreditlarni ajratadi

Foto: «welt.de»

O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki (YeIB) muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ikkita kredit shartnomasi imzolashi orqali o‘zaro munosabatlarida yangi sahifa ochdi va bu hamkorlik mamlakat uchun ham atrof-muhit ham uchun birdek foydali bo‘ladi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi 100 million yevrolik kredit suv va oqava suv loyihalarini moliyalashga mo‘ljallangan bo‘lib, u Yevropa Ittifoqi rahnamoligidagi Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlar va Atrof-muhit dasturi doirasida amalga oshiriladi. Loyihalar O‘zbekistonga ko‘p jihatdan tashqi suv zahiralariga bog‘liqlik va joylarda ichimlik suvi zahiralari yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga ko‘mak beradi. O‘zbekistonda iste’mol qilinadigan suvning yaqin 80 foizi qo‘shni mamlakatlardan keladi.

Ikkinchi 100 million yevrolik qarz kredit liniyasi sifatida rejalangan bo‘lib, O‘zbekistondagi kichik va o‘rta hajmdagi korxonalar, o‘rta hamda xususiy sektor kompaniyalarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan investitsiyalarni o‘zlashtirishda ko‘mak beradi. YeIB  mablag‘i o‘zbek hukumatining mamlakatda energiya iste’moli darajasini 2030 yilga qadar 50 foizga kamaytirish rejasini amalga oshirishga yordam beradi va bu borada sanoat sektorida juda ko‘p o‘zgarishlar qilish imkoniyati mavjud.    

Vazil Xudak, Markaziy Osiyo uchun mas’ul YeIB vitse-prezidenti shunday izoh berdi: «YeIB O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaganiga bir yil to‘lganida mamlakat tarixida ilk bor YeIB kredit shartnomalari imzolanganidan judayam xursandmiz. Ular mamlakat iqtisodiga ko‘mak beradi va ayni paytda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga hissa qo‘shadi. Mazkur ikki kredit suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tejamkor hamda ekologik bezarar texonologiyalarni qo‘llashga o‘tishda ko‘mak beradi. Energiyani ko‘p iste’mol qiladigan sanoatga ekologik bezarar investitsiyalar kiritish orqali YeI banki barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, toza energiya hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash ishlariga hissa qo‘shmoqda.»  

Biz YeIBning O‘zbekistondagi jarayonlarda ishtirok eta boshlaganini qutlaymiz. Suv va energiya sektorlaridagi dastlabki ikki hujjatni imzolash orqali biz O‘zbekiston va YeIB o‘rtasidagi bitimda ko‘zlangan hamkorligimizni yangi darajaga ko‘taryapmiz. Biz YeIBning O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan juda muhim ijtimoiy infratuzilma loyihalari, yashil energiya targ‘iboti va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarni rivojlantirishda ko‘rsatadigan yordamini qadrlaymiz.

Suhrob Xolmurodov,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari,
Davlat investitsiya
qo‘mitasi raisi

Har ikki loyiha Jahon Banki bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda hamda Markaziy Osiyo uchun Investitsiyalar Jamg‘armasi tomonidan texnik yordam berilishi kutilmoqda. Mazkur jamg‘arma Yevropa Komissiyasi tomonidan boshqariladi va Markaziy Osiyo davlatlarida inklyuziv va barqaror o‘sishni qo‘llovchi ustivor investitsiyalarni boshqarishda yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring