Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi bozor va savdo komplekslarining ijara to‘lovi qayerga ketdi?

Farg‘onadagi bozor va savdo komplekslarining ijara to‘lovi qayerga ketdi?

Foto: «Xabar.uz»

Davlat budjeti daromadlarini oshirish, qo‘shimcha manba zahiralarini aniqlash maqsadida viloyat davlat soliq idoralari xodimlari tomonidan doimiy ravishda xronometraj tadbirlari olib borilyapti. 

Binobarin, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasiga oid qonun hujjatlari ijrosi va savdo komplekslarida ijara to‘lovlarini to‘liq budjetga o‘tkazilishi yuzasidan 2018-yilning sentyabr oyida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan Qo‘qon shahridagi «Qo‘qon savdo kompleksi», «Istiqlol savdo kompleksi», «Buyuk ipak yo‘li savdo kompleksi» va Farg‘ona shahridagi «EXCELLENT TRADE PLUS» kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda xronometraj tadbirlari o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyat DSB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabariga ko‘ra, jamiyatlar xududidagi savdo ob’yektlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlaridan 2018-yilning o‘tgan 8 oyi davomida savdo kompleksi ma’muriyati tomonidan ijara to‘lovi uchun jami 599,6 mln.so‘m mablag‘ undirilgan bo‘lsada, ushbu summa hisobotlarda to‘laligicha aks etmagan hamda ma’lum bir qismi boshqa maqsadga ishlatib yuborilgan, natijada mahalliy budjetga 280,4 mln.so‘m to‘lanmagan.

Xususan, «Qo‘qon savdo kompleksi» MChJda 103 ta savdo ob’yektlarida faoliyat yuritib kelgan jismoniy shaxslardan savdo kompleksi ma’muriyati yanvar-avgust oylari davomida ijara to‘lovi uchun jami 149,3 mln.so‘m   undirib, ushbu mablag‘larni boshqa maqsadga ishlatib kelganligi natijasida mahalliy budjetga 72,0 mln.so‘m to‘lamaganligi aniqlangan.

Qo‘qon shahrida joylashgan «Buyuk ipak yo‘li savdo kompleksi» MChJda 86 ta savdo ob’yektida faoliyat yuritib kelgan jismoniy shaxslardan 2018 yilning dastlabki 8 oyi uchun jami 154,9 mln.so‘m undirilgan bo‘lsada, 74,7 mln.so‘m miqdoridagi mablag‘ hisobotlarda yashirilganligi hamda mahalliy budjetga to‘lanmaganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan xronometraj natijalariga ko‘ra, «Istiqlol savdo kompleksi» MChJda 52,4 mln.so‘m, «Muzaffar savdo kompleksi» MChJda  66,9 mln.so‘m hamda Farg‘ona shahridagi «EXCELLENT TRADE PLUS» MChJda 14,4 mln.so‘m miqdoridagi mablag‘ hisobotlarda to‘laligicha ko‘rsatilmagan hamda budjetga to‘lanmagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan soliq idoralari tomonidan bozor va savdo komplekslariga talabnomalar yuborildi hamda budjetdan yashirilgan mablag‘lar qayta undirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring