Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Forbes» ilk marotaba jahon banklari reytingini e’lon qildi

«Forbes» ilk marotaba jahon banklari reytingini e’lon qildi

Foto: «Forbes»

Amerikaning «Forbes» biznes-jurnali, «Statista» tadqiqot kompaniyasi bilan birgalikda, o‘z tarixida ilk marotaba jahon banklari reytingini tuzdi. Bu haqda nashr saytida xabar berildi.

Demak, «Forbes» talqiniga ko‘ra, jahondagi eng zo‘r bank — «ING Group» (Niderlandiya) moliyaviy konglomerati. Keyingi o‘rida esa AQShning «Citibank»i.

Tadqiqotda 23 mamlakatdan 40 mingdan ortiq kishi qatnashgani aytilmoqda. Asosiy baho — mijozning bank xizmatidan qoniqqani. Qolaversa, bankning ishonchliligi, taklif etayotgan shartlari, raqamli xizmatlari, maslahatlari va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati. Tadqiqotda qatnashgan har bir mamlakatda beshtadan 60 tagacha eng yaxshi bank shu tariqa aniqlab olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring