Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlarning xorijga chiqishiga yordam beriladi

Hokimlarning xorijga chiqishiga yordam beriladi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov viloyat hokimliklarida yaqin vaqtlarda Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari ochilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, 2018-yilda hokimlarning chet elga va aksincha, xorij hokimliklarining O‘zbekistonga tashriflari doirasida ko‘plab hamkorlik shartnomalari imzolanganiga qaramay, shartnomalarning aksariyati qog‘ozda qolib ketmoqda.

«Buni to‘g‘ri tushunish kerak, bugungacha hokimlarimiz chet elga rasmiy tashrif bilan chiqmagan. Mazkur bo‘linmalar hokimlarimizga yordam beradi va shundan keyin bu kabi muammolar kuzatilmasa kerak», dedi vazir o‘rinbosari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring