Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ilg‘or hudud»: Jizzax shahrida biznes-inkubator ochiladi

«Ilg‘or hudud»: Jizzax shahrida biznes-inkubator ochiladi

Foto: LBMA matbuot xizmati

Jizzax shahrida Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) qoshidagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan biznes-inkubatorning ochilishi e’lon qilindi. Bu LBMAning Jizzax viloyatida «Ilg‘or hudud» yoshlar rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan loyihalaridan biridir.

LBMA matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga xabar berishicha, agentlik rahbariyati tomonidan dasturni qo‘llab-quvvatlash strategiyasi ishlab chiqildi. Bu strategiyaning birinchi qadami Jizzaxda biznes-inkubatorni ochish bo‘ldi. Bu tadbirkorlar uchun ko‘p muammolarni hal etish va qo‘yidagi savollarga javob berishga imkon yaratadi:

  • Loyiha uchun moliyalashtirish manbaini qanday qilib topish aniqlash va investorni jalb qilish mumkin;
  • Biznes-rejani qanday qilib to‘g‘ri tayyorlash va loyiha bo‘yicha yuzaga kelishi kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni to‘g‘ri hisoblash mumkin;
  • O‘z mahsulotiga bozorni qaysi yo‘nalishda va qanday qilib to‘g‘ri jalb etish mumkin;
  • O‘z mahsulotini sotish kanallarini qayerdan topish mumkin va o‘z mahsulotining reklamasini, sotilishini to‘g‘ri tashkil qilish mumkin.

Strategik dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradigan muhim omil ushbu dastur uchun ishlab chiqilgan, tushunarli va samarali moliyalashtirish mexanizmi bo‘lsa kerak. U quyidagicha shakllangan:

Tadbirkor o‘z g‘oyasi bilan biznes-inkubatorga keladi va loyiha bosqichida uning maslahatchilari va mutaxassislari bilan birgalikda o‘z g‘oyasi ustida ishlaydi. Loyiha shakllantirilgandan so‘ng, biznes-reja ishlab chiqiladi, loyiha ekspertizadan o‘tadi. Tanlov natijalariga ko‘ra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi va g‘olib chiqqan tadbirkor va LBMA investitsion memorandumni imzolaydilar sherik bo‘ladilar (har bir tomon loyihaga o‘zining ma’lum aktivini kiritadi) va birgalikda investitsion loyihani amalga oshiradilar.

Dastlabki bosqichda LBMA qoshidagi biznes-inkubator yosh tadbirkorni biznesning to‘g‘ri yo‘nalishiga yo‘naltiribgina qolmay, unga moliyaviy yordam ham ko‘rsatib, to‘liq hajmda qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Eng asosiysi, tadbirkorning loyiha bo‘yicha barcha ehtimoli bor xavflarga sherik bo‘lishga tayyordir.

Yoshlarni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha taklif etilgan bosqichma-bosqich sxema viloyat yoshlarini nafaqat masimal darajada qamrab olishga imkon beradi, balki samarali ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, yoshlarni kasbga o‘rgatish, o‘z loyihasini yaratishga yordam berish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Biznes-inkubator idorasining ochilishi 2019-yil 1-mart kuniga rejalashtirilgan. Shuningdek, murojaat nuqtalari allaqachon ochiq va u yerga savol bilan murojaat qilish va  javoblar olish mumkin. Biznes-inkubator idorasi LBMAning Jizzax shahridagi vakolatxonasi binosida joylashgan.

Dasturni moliyalashtirish manbalari birinchi bosqichda — LBMA, ikkinchi bosqichda — xalqaro va mahalliy investitsion maydonchalar, investitsion kompaniyalar, chet davlatlarning investitsion dasturlar, Jahon banki, xorijiy banklar, mahalliy tijorat banklari.

Dasturning amalga oshirilishi sayyohlik, qishloq xo‘jaligi yengil, og‘ir, qayta ishlash sanoatlarining rivojlanishiga  yordam beradi. Bu ilm-fan va texnika, robotlashtirish va dasturlashtirishning rivojlanishiga turtki beradi. Bundan tashqari, dasturni amalga oshirish atom texnologiyasi, AT-texnologiyasi, logistika va boshqaruv, raqamli elektronika sohalarini malakali xodimlar balan ta’minlash masalasini ham hal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring