Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Imtiyozli kredit beriladigan soha yana bittaga ko‘payadi

Imtiyozli kredit beriladigan soha yana bittaga ko‘payadi

Foto: «Xabar.uz»

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «2020-yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Hujjatga muvofiq, Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

  • chiqindilarni tasniflashning beshta xavflilik sinfi o‘rniga sanoat tarmoqlari va/yoki kimyoviy-fizik xossalari asosida tasniflash tizimini joriy qilish;
  • imtiyozli kreditlar taqdim etish orqali chiqitsiz va kam chiqitli texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish;
  • tog‘-kon qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarishlarning chiqindilarini qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishni rag‘batlantirish;
  • sanoat chiqindilarining hosil bo‘lishi va ularni ko‘mish hajmlarini kamaytirish uchun tabiatdan foydalanishdagi iqtisodiy mexanizmlarning rag‘batlantiruvchi rolini takomillashtirish;
  • sanoat ob’yektlaridagi xavfli chiqindilarni ekologik jihatdan xavfsiz saqlashni tashkil etishni ta’minlash;
  • o‘z iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan va tarkibida xavfli moddalar bo‘lgan tovarlarni (simobli termometrlar, batareykalar, simobli lampalar va boshqalar) yig‘ish, foydalanish va/yoki zararsizlantirish tizimini tashkil etish;
  • tibbiy chiqindilarni yig‘ish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mish tizimini tashkil qilish.

Mas’ul ijrochilar — Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston ekologik partiyasi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati — 2020-yil 1-oktyabr, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati — 2020-yil 1-noyabr.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring