Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investor va imidj — Nest One O‘zbekiston iqtisodiyotiga qay darajada ta’sir o‘tkazadi?

Investor va imidj — Nest One O‘zbekiston iqtisodiyotiga qay darajada ta’sir o‘tkazadi?

Foto: Farrux Aliyev / Xabar.uz

Hafta boshida Nest One loyihasi doirasida uchinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Özgüven Mimarlik kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ozgur Onur Ozguven va Murad Buildings kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Murod Nazarov ishtirok etdi. Tadbirda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari vakillari, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi faxriy konsuli janob Olgar Bekar va har ikki davlatga tegishli OAV xodimlari qatnashdi.

Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Xabar.uz axborot-tahliliy portali Nest One loyihasi xususida Ozgur Ozguven va Murod Nazarov tomonidan berilgan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etadi.

Pandemiya haqida
Mana ikki yildirki Nest One osmono‘par binosini qurmoqdamiz. O‘tgan vaqt davomida pandemiya ko‘p noqulayliklar tug‘dirdi, chunki qurilish uchun materiallar butun dunyodan olib kelinadi. Chegaralar yopilishi tufayli ma’lum muddat ishimiz to‘xtab qoldi.
Ammo hozirda qurilish ishlari rejadagidek davom etmoqda.

Internetdan hayotga
Yaxshi bilamiz, osmono‘par binolar o‘rtacha 4-5 yilda quriladi. Ba’zilari hatto 12 yildan buyon qurilmoqda. Biz o‘tgan ikki yil davomida katta ishlarni amalga oshirdik, buning ortida juda katta mashaqqat turibdi.
O‘zguven kompaniyasini hamkor sifatida tanlab, to‘g‘ri ish qilganimizga tobora ko‘proq ishonch hosil qilmoqdamiz. Nafaqat Murad Buildings, balki O‘zbekistondagi ko‘plab kompaniyalar Nest One qurilishiga kelib, tajriba o‘rganib ketmoqda. Shu vaqtga qadar internetdan bilganlarimizni bu yerda amalda ko‘rish mumkin.

Prezident tashabbusi
Toshkent Siti loyihasi, bu yerda osmono‘par bino qurilishi tashabbusi prezidentimiz tomonidan ko‘tarilgan. Bu binolar O‘zbekistonning imkoniyati, kuchini ko‘rsatishi lozim. Qaysi davlatga bormang, arxitekturasi ravnaq topgan vaqtga qarab, o‘sha davlat qaysi davrda kuchli bo‘lganini bilamiz. O‘zbekistonda shunday bino qurishga ehtiyoj bo‘lmaganda edi, u ko‘tarilmas edi.
Bizga prezidentimiz, bosh vazir Abdulla Aripov va shahar hokimligi katta yordam berib kelmoqda. Ularning ishonchini oqlayotganimizdan mamnunmiz.

Qo‘shimcha qavatlar haqida
Nest One avval boshda 40 qavatli bo‘lishi kerak edi. Ammo poydevorni quyish ishlari davomida shunga ishonch hosil qildikki, agar bino balandroq bo‘lmasa, iqtisodiy samaradorlik yetarli bo‘lmas ekan. Davlat rahbariyati bizning tashabbusimizni qo‘llab quvvatladi va turli tekshiruvlardan so‘ng qo‘shimcha qavatlar qurilishiga ruxsat berildi. Shu tariqa loyihani 51 qavatli qilib o‘zgartirdik.

Iqtisodiyotga ta’sir
Bino qurilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qay darajada ta’sir ko‘rsatadi? Bu savolga bemalol ijobiy javob berish mumkin. Qurilish ishlarida 600-700 ta odam ishlayotgan bo‘lsa, qancha odam xom-ashyo ishlab chiqarmoqda, qanchadan-qancha firmalar buyurtma olgan.
Germaniyada O‘zbekiston haqida film olish asnosida bizning qurilishga ham e’tibor qaratildi. Bu ham bizning yutug‘imiz.
Xorijdan kelgan investor eng avvalo mamlakatda yaratilgan sharoitga e’tibor qaratadi. Hukumat vakillari qancha gapirmasin, ularni eshitmaydi. Balki shu yerda ishlayotgan mahalliy tadbirkorlar bilan gaplashadi. Vaziyat yaxshi bo‘lsa, qoladi, aks-holda ketadi. Nest One – O‘zbekistonda tadbirkorlik rivojlanayotganiga timsol bo‘la oladi.

Imkoniyat haqida
O‘zbekistonda katta qurilishlar bo‘lsa, demak shunga yarasha imkoniyat bor. Xorijdan kelib, yurtimizda ish boshlamoqchi bo‘lgan sarmoyadorlar uchun bu juda yaxshi signal. Xozir mana Turkiyadan investor kelib, osmono‘par bino qurishni boshladi. Ertaga boshqa davlatlardan ham qiziqish bo‘ladi.
Bu binoning Turkiyadagi boshqa binolardan afzal joyi bo‘lsa borki, hech qanday qolishadigan joyi yo‘q.

Qulayliklar
O‘zbekistonda tirbandliklar oshib bormoqda. Ammo bu bino tirbandlikning oldini olishga ham xizmat qiladi. Biz ishga, ovqatlanishga, fitnes uchun turli joylarga boramiz. Ammo Nest One’da hamma imkoniyat bo‘ladi. Bemalol shu yerning o‘zida hamma ehtiyojlarni qanoatlantirish mumkin.
Biz ko‘plab binolarni o‘rganib chiqdik. Bizning loyihamizdagi o‘ziga xos narsa shundaki, hammasi mijozlar qulayligi uchun qilingan. Asosiy maqsadlarimizdan biri, bu yerda yashaydiganlar barcha ehtiyojlarini shu yerning o‘zida qondirishi lozim. Nest One’da nafaqat fitnes yoki restoranlar, balki osh va sumalak qiladigan maxsus joylar ham bo‘ladi.

51 qavatmi yoki 55?
Osmono‘par binolarda nafaqat yer ustidagi, balki yer ostidagi qavatlar ham qo‘shib hisoblanadi. Shundan olib qaraydigan bo‘lsak, bizning binomiz 51 qavat emas, balki 55 qavatdan iborat.
Nest One qurilishi davomida ilm-fan imkoniyatlariga e’tibor berganmiz. Masalan, mana shu biz turgan binoda nima uchun aks-sado yo‘q. Chunki oyog‘ingiz ostida turgan pol aks-sado qaytarmaydigan materialdan qilingan. Biz uchun hech qanday mayda jihatlar yo‘q, mijozlar qulayligi uchun hamma narsaga e’tibor qilamiz.

Imidj
Bizning loyihamizga shunchaki bir bino sifatida qaramaslik kerak. U O‘zbekistonga kelayotgan investorlarning fikrini shakllantirishda ham katta o‘rin tutadi. Chunki bu yerga kelayotgan sarmoyadorlarning yurtida osmono‘par binolar yetarlicha. Shunday binoni O‘zbekistonda ham qurilayotgani tadbirkorlarning fikriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati yetarlicha baland.
Nest One O‘zbekistonning iqtisodiy qudratiga yetarlicha timsol bo‘la oladi. Xorijdan qancha ko‘p sarmoyador kelsa, shuncha ko‘p ish o‘rinlari yaratiladi. Ammo investorni olib kelish mashaqqati ham bor.
Nest One ham O‘zbekiston imidjiga kiritiladigan katta sarmoyadir. O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun ham Nest One kabi binolar qurish kerak.

PS: Tadbir yakuniga yetgandan so‘ng jurnalistlar va blogerlar Nest One binosining 32-qavatiga taklif etildi. OAV xodimlari qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, yuqori qavatdan shahar manzarasini tomosha qildilar.

Ma’lumot uchun: Ko‘p funksiyali majmua investitsiyalar uchun juda foydali loyihalardan biri bo‘lib, o‘zining noyob konsepsiyasidan tashqari, endi xarid qilingan mulkdan foyda olish kafolatini ham beradi. Ma’lumki, Nest One qurilishi 2019 yil sentyabr oyida boshlandi va loyiha boshida ko‘chmas mulk sotib olganlar bugungi kunda 40 foizlik daromadga ega bo‘lmoqda. Yangi reklama kampaniyasiga ko‘ra, Nest One binosidan har qanday ko‘chmas mulk turini 100% oldindan to‘lov qilib sotib olganlarga nafaqat 25 foizlik chegirma beriladi, balki loyiha yakuniga yetgandan so‘ng o‘z mulkini sotib yuborishga qaror qilganlar uchun umumiy qiymatning 25 foizini qaytarib berish kafolati ham taqdim etiladi. Ya’ni, sarmoyador bugungi kunda apartament, ofis yoki do‘kon sotib olsa va qurilish ishlari yakuniga yetgandan so‘ng o‘z mulkini qayta sotib yuborishni istasa, to‘langan summaning 25 foizi miqdorida kafolatlangan foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring