Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ipoteka-bank baliqchilikning 2022-yildagi istiqboli bo‘yicha ma’lumot berdi

Ipoteka-bank baliqchilikning 2022-yildagi istiqboli bo‘yicha ma’lumot berdi

Ipoteka-bank baliqchilikni rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar va 2022-yilda rejalashtirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Ushbu bank sohaga biriktirilgandan beri 3984 ta baliqchilik xo‘jaliklarining umumiy qiymati 4,0 trln.so‘m so‘mlik loyihalariga 2,1 trln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi va 7844 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Natijada Respublikada baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklari soni 2 baravarga oshib 4200 tani tashkil qildi, baliq ovlash hajmi esa 6 baravarga o‘sdi.

Baliqchilik xo‘jaliklarini intensiv texnologiyalar, uskunalar, aerator va boshqa asosiy vositalari bilan ta’minlash maqsadida «Ipoteka lizing» kompaniyasi tashkil qilindi va lizing xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Bank tomonidan 2020-2021 yillarda intensiv usulda baliq yetishtirish maqsadida umumiy qiymati 592,4 mlrd.so‘mlik jami 142 ta loyihaga 356,6 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Natijada 26 ming tonna intensiv usulda baliq yetishtirish quvvatlari tashkil qilindi va 1027 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bank tomonidan noyob baliq (forel, losos, osyotr) turlarini intensiv usulda yetishtirish maqsadida jami 23 ta loyihaga 213,6 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi va mazkur loyihalar ishga tushirilishi sababli 514 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Kelasi yilda viloyat hokimliklari bilan birgalikda baliqchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 1,2 trln.so‘mlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Buning uchun Ipoteka-bank tomonidan so‘nggi yillarda imtiyozli shartlarda jalb qilingan xorijiy kredit liniyasi mablag‘lari asosiy resurs manbai bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan:

-Xalqaro moliya korporatsiyasining 15 mln dollari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 10 mln dollari, Jahon bankining chorvachilik loyihalari uchun 5 mln.AQSh dollari, OPEK jamg‘armasining 10 mln dollari va Fransiya taraqqiyot agentligining 20 mln dollari va boshqa manbalar hisobidan baliqchilik xo‘jaliklarini loyihalari moliyalashtirib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring