Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi

Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va «xufyona» iqtisodiyotni qisqartirish vazirlikning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7 mln AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar vazirlik bilan kelishiladi.

Vazirlik 2019 yil 1 iyungacha O‘zbekistonni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi.

Shuningdek, farmon bilan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida Xodimlarning malakasini oshirish o‘quv markazi tashkil etildi.

Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalar amaldagi ishtirokchilar uchun 2020 yil 1 yanvargacha saqlab qolgan holda bekor qilindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring