Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Islom moliyasi» tushunchasi yangi qonunda ko‘rib chiqiladi — MB raisi o‘rinbosari

«Islom moliyasi» tushunchasi yangi qonunda ko‘rib chiqiladi — MB raisi o‘rinbosari

Bu haqda AOKAdagi brifingda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bekzod Hamroyev ma’lum qildi.

«Joriy yilda Markaziy bank tomonidan makrodarajagi ishlar qatori mikrodarajadagi ishlarni ham jonlantirish zarurligi belgilandi. Xususan, alohida mijozbay va mahallalarda ish tashkil qilishga e’tibor qaratiladi.

2020 yilda dunyo moliya tizimida bizning yillik inflyasiya darajamiz 11,1 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 15,3 foizga oshdi. Bu aholining ma’lum xarid qobiliyatiga va ularning inflyasion kutilmalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

2021 yilda Markaziy bankka makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi belgilandi, ya’ni inflyasiyani 10 foizdan oshirmaslik va oziq-ovqat narxlari, xususan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha choralarni ko‘rish topshirildi.

Moliya bozorlarida raqobat rivojlantiriladi. 2021 yilda «Nobank tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun yangidan ishlab chiqiladi. Ularga ko‘proq xizmat ko‘rsatish huquqlari beriladi. Murojaatnomada aytib o‘tilgan «Islom moliyasi» tushunchasi ushbu qonunda ko‘rib chiqiladi», dedi Bekzod Hamroyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring