Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kartoshkadan bir yilda bir necha marta urug‘lik olish mumkinmi?

Kartoshkadan bir yilda bir necha marta urug‘lik olish mumkinmi?

Kartoshkani fitotron uslubda yaratish.

Foto: «plantfactory.ru»

Innovatsion rivojlanish vazirligida  AQShning СETS kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Foto: Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati

Suhbat chog‘ida СETS kompaniyasi vakillari Innovatsiya vazirligi qoshidagi Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga kompyuter bilan boshqariladigan kartoshka mini-tuganaklari yetishtiriladigan 15ta  fitotron uskunasini sotish taklifi bilan chiqdi. 

Fitotron o‘zi nima? Fiotron, bu – sun’iy ravishda ma’lum sharoitlar yaratiladigan joy bo‘lib, turli xil iqlim sharoitlari yaratgan holda bir yilda bir necha marta hosil olish, seleksiya jarayonini tezlashtirish imkoniyatini beradi. Jumladan, super elita urug‘larini yetishtirishga ketadigan muddat bir necha baravarga kamayadi.

Amerikaliklar taklif etayotgan fitotronlarning narxi balandligini inobatga olgan holda, Innovatsiya vaziri ulardan uskunalarni O‘zbekistonga investitsiya sifatida kiritib, davlat-xususiy sherikchilik shaklidagi qo‘shma korxona tashkil qilish va kartoshka urug‘chiligi klasteri yaratish taklifini berdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik shakllari va shartlari haqida muzokaralarni davom ettirishga kelishishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring