Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kommunal to‘lovlar uchun yangi omonat

Kommunal to‘lovlar uchun yangi omonat

Foto: O‘zsanoatqurilishbank Axborot xizmati

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan milliy valyutada «Kommunal to‘lovlar uchun» yangi omonat joriy etildi.

Omonatning yillik foiz stavkasi – 22%.

Saqlanish muddati esa 18 oy.

Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlar har oy avtomatik ravishda omonatchining elektr energiyasi va boshqa turdagi kommunal to‘lovlarini to‘lashga yo‘naltiriladi.

Bunda agar mijoz o‘z omonatini 13 oydan 18 oygacha muddatda yechib olishga qaror qilsa, u bo‘yicha hisoblangan ustamalar kuyib ketmaydi.

Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank tizimida barcha xizmatlar pandemiya sharoitida aholining o‘zini-o‘zi izolyasiya qilish talablariga ko‘ra muvofiqlashtirib borilmoqda.

«Kommunal to‘lovlar uchun» omonati bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni @sqbsupport telegram botiga yozgan holda olishingiz mumkin.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring