Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat muassasalari xodimlari oyligi 45 foizga oshiriladi

Madaniyat muassasalari xodimlari oyligi 45 foizga oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 14-may kuni «Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2018-yil 1-iyundan davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining (Madaniyat vazirligi), shuningdek, davlat arxivlari boshqaruv xodimlari va mutaxassislarining («O‘zarxiv» agentligi) mehnat haqi miqdorlarini o‘rtacha 45 foizga oshiriladi.

2018-yil 1-iyundan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining malaka toifalari va lavozimlari bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlarini belgilashni nazarda tutuvchi mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish hamda lavozim maoshlari o‘rtasidagi tafovutni ko‘paytirish hisobiga kasbiy o‘sish rag‘batlantiriladi.

2018-yil 1-iyundan O‘zbekiston davlat sirki, hayvonot bog‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalari hamda davlat arxivlari xodimlarining alohida toifalariga teatr-konsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun belgilangan miqdorlarda har oyda taqdirlash puli belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring