Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maishiy chiqindidan tabiiy gaz olish texnologiyasi olib kelinadi

Maishiy chiqindidan tabiiy gaz olish texnologiyasi olib kelinadi

Foto: Taraqqiyot strategiyasi

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Italiya davlatida bo‘lib turibdi. Bu haqda «Taraqqiyot strategiyasi» markazi Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Delegatsiya a’zolari dastlab «Pablisis Grupp» kompaniyasi bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Ma’lumki, dunyoning 110 davlatida 78 000 nafardan ortiq xodimga ega ushbu kompaniya reklama va aloqa xizmatlari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi va Yevropa bozorida birinchi o‘rinni egallaydi.

Delegatsiya a’zolari keyingi uchrashuvni «In3akt» kompaniyasi ta’sischisi va boshqaruvchisi janob David Ronkaloni bilan o‘tkazishdi.

Muhokamalar chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini oshirish masalalarida o‘zaro fikr almashdilar.

Janob David Ronkaloni O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash va eksportni targ‘ib qilish, buning uchun taqiqlangan kimyoviy va genetik modifikatsiyalangan organizmlardan (GMO) mahsulotlarning «tozaligini» tasdiqlovchi murakkab bosqichli laboratoriya tadqiqotlari tizimini joriy etishda hamkorlikka shay ekanini bildirdi. Shu bilan birga, maishiy chiqindilarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini O‘zbekistonga olib kirish hamda ular yordamida tabiiy gaz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish har ikki tomon uchun ham manfaatli ekani ta’kidlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring