Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank: 100, 200, 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqariladi

Markaziy bank: 100, 200, 500 so‘mlik banknotlar muomaladan chiqariladi

Foto: «O‘zA»

Shu yilning 25-fevralidan respublikamizda 100 ming so‘mlik yangi kupyura muomalaga kiritilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi.

Mazkur voqea arafasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillari tomonidan OAV xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda bu nima uchun kerakligi va bundan kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot berildi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti direktori Fazliddin Bozorovning ma’lum qilishicha, 100 ming so‘mlik kupyuralarning muomalaga chiqarilishi aholining avtomobil, mebel, maishiy texnika singari yuqori qiymatdagi mahsulotlarni xarid qilishi bilan bog‘liq noqulayliklarga barham beradi. Yangi kupyuraning birinchi vazifasi naqd pul bilan hisob-kitob qilishda qulaylik yaratishdan iborat.

Bundan tashqari, bank kassirlari, xodimlarining mayda pullarni hisoblashdagi qiyinchiliklari kamayadi, oylik maoshlar, pensiya va nafaqalarni tarqatish soddalashadi. Naqd pullarni chiqarish (bosib chiqarish) hamda ularni tashish va saqlash uchun saflanadigan xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Aholiga bankomatlar orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligi ham oshadi.

2001-yilda 1000 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarilgan edi, besh ming so‘mlik banknotlar esa, 2013-yilga kelibgina muomalaga chiqdi. Yil sayin narxlar oshmoqda, shu bois pul muomalasi jarayonini yengillashtirish, banknotlar sonini qisqartirish zarurati paydo bo‘lmoqda.

So‘nggi yillarda milliy valyuta o‘zining jamg‘arma sifatidagi funksiyasini yo‘qotdi, shuning uchun 100 000 so‘m bu funksiyani qayta tiklashga yordam beradi, chunki bunday kupyuralarni saqlash birmuncha qulay hisoblanadi.

Yirik kupyuralarning inflyasiyani oshirishga xizmat qiladi, degan xavotirlar o‘zini oqlamaydi, chunki muomaladagi umumiy pul massasi o‘zgarmaydi. Pul massasining tuzilishi o‘zgaradi xolos. 100, 200 va 500 so‘mlik mayda pullar asta-sekin muomaladan chiqariladi va tanga bilan almashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring