Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi farmoniga muvofiq Abdug‘afarov Ilhomjon Abduhalilovich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

I.Abdug‘afarov

1973-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent Davlat universitetini, 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Kibernetika instituti aspiranturasini tamomlagan. Amaliy matematika mutaxassisligiga ega. Shuningdek texnika fanlar nomzodi hisoblanadi.

Bunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring