Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markazlashgan budjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechiladi

Markazlashgan budjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechiladi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda. Unda belgilangan har bir norma atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda.

Mazkur qonun loyihasi bilan respublika budjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa, joylardagi mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar bo‘yicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.

Deputatlar ta’kidlaganidek, hayotga joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir o‘ziga xos jihati – markazlashgan budjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechishdir. Masalan, mahalliy budjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari mahalliy budjetga o‘tkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun aksiz solig‘i tushumlari aholi sonidan kelib chiqib, hududlar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Qo‘shimcha qiymat solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi to‘liq hududlarda qoldiriladi.

Ta’kidlash joiz, bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar o‘z budjetini qabul qilishda xech qanday vakolatga ega emas edi. Qaysi bir tashkilotga ajratilayotgan mablag‘lar yetishmasligini yoki ortiqcha ekanligini bilsa ham uni o‘zgartish imkoni yo‘q edi.

Taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy budjetlarning daromadlarini soliq turlari bo‘yicha hamda xarajatlarini budjet tashkilotlari kesimida o‘zlari belgilashi o‘z aksini topgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan budjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi ta’minlanadi. Bu, albatta, har bir davlat organining vakolatini kengaytirish bilan birga, mas’uliyatini ham oshiradi.

Parlament quyi palatasida qonun loyihasi takomillashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring