Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meva-sabzavotchilik klasterlari eksport geografiyasi kengaytiriladi

Meva-sabzavotchilik klasterlari eksport geografiyasi kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil qilish, paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishidagi berilgan topshiriqlarga asosan “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi meva-sabzavotchilik klasterlari eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida tashqi bozorlarini o‘rganish bo‘yicha chuqur marketing tahlillarini olib boradi. Rossiya va MDH davlatlari kabi an’anaviy bozorlardagi mavqeini mustahkamlagan holda Janubiy-Sharqiy Osiyo, Arab va Yevropa mamlakatlari kabi yangi bozorlarga eksportni rivojlantirish ustida ish olib boradi.

Xorijiy davlatlardagi yirik 17 ta meva-sabzavot bozorlarini doimiy ravishda monitoring qilib, amalga oshiriladigan eksportning yo‘nalishlarini belgilab beradigan tizim joriy qilish hamda klasterlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda ko‘maklashadi.

Shuningdek, o‘zbek brendlarini yaratish va ularni jahon bozorida o‘z o‘rnini topishi, meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, kalibrovkalash va qadoqlashda zamonaviy standartlarni joriy qilishga alohida ahamiyat qaratiladi. Bundan tashqari, kompaniya tizimidagi o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari bazasida klasterlarning marketing va savdo bo‘yicha xodimlarini tizimli ravishda malakasini oshirish tashkil qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring