Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy bankda kobrend karta oching va dunyo bo‘ylab siz bilan birga bo‘ladigan sug‘urtaga ega bo‘ling

Milliy bankda kobrend karta oching va dunyo bo‘ylab siz bilan birga bo‘ladigan sug‘urtaga ega bo‘ling

Foto: O‘zmilliybank matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki «O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi bilan birga Visa Gold va Visa Platinum egalari uchun maxsus taklif ishlab chiqdi. Ushbu karta egalari bir yilga bepul sug‘urta qilinadi. Sug‘urta sizga butun dunyo bo‘ylab qulay va xavfsiz safar qilish imkonini taqdim etadi.

Xorijga chiqish sug‘urtasi — safar nima maqsadda amalga oshirilishidan qat’iy nazar, har qanday sayyoh uchun shart bo‘lgan narsadir. Siz xizmat safariga chiqasizmi yoki turizm maqsadida yo‘lga chiqasizmi, har qanday holatda sug‘urta kerak.

Mahalliy oshxona, yovvoyi tabiat, madaniy tafovutlar — xorij mamlakati bilan tanishuvdagi har qanday «muvaffaqiyatsizlik» barcha rejalaringizni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Begona davlatda sifatli tibbiy xizmat esa, yaxshi bilamizki, juda qimmat va shoshilinch lozim bo‘lganda har doim ham topilavermaydi.

Sug‘urta dasturi xorij safarlari vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavflardan himoyalash maqsadida tuzilgan. Milliy bankda kobrend karta ochish chog‘ida sizga taqdim etiladigan sug‘urta polisi xorijga qilajak safaringizni xotirjam va ortiqcha muammolarsiz o‘tkazishga sabab bo‘ladi.

 

Visa Gold

Visa Platinum

Yil davomida safarning davomiyligi

30 kun

60 kun

Tibbiy yordam

v

v

Baxtsiz hodisa

v

v

Yuk yo‘qotilishi yoki kechikishi

 

v

Safar bekor qilinishi yoki kechiktirilishi

 

v

Sug‘urta amal qilishi davomida xorijiy safarlar soni cheklanmagan. Mijozlar istagancha safarga chiqishi mumkin.

Sug‘urta talab qilinadigan zarurat tug‘ilgan taqdirda, sug‘urta to‘lovi karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalarga asosan to‘lanadi. Buning uchun karta orqali aviachiptalar sotib olingan, mehmonxona to‘lovi amalga oshirilgan va shuningdek servis xizmatiga murojaat qilingan bo‘lishi lozim.

Sug‘urta hududi: butun dunyo, faqat siz doimiy istiqomat qiladigan mamlakatdan tashqari.

MUHIM!
1. Sug‘urta to‘lanishi alomatlari bo‘lgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda Servis xizmati bilan aloqaga chiqish lozim. Ushbu xizmat yil davomida, haftaning istalgan kunida va istalgan soatida xizmat ko‘rsatadi. Qo‘ng‘iroqdan so‘ng operatorning so‘roviga javoban kerakli ma’lumotlarni berish va yo‘riqnomaga amal qilish lozim.
Telefon: +7 (495) 212 21 43.

2. Servis xizmati va Sug‘urtachi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash uchun sug‘urta to‘lovini olish lozim bo‘lgan taqdirda Sug‘urtachi joylashgan manzilga murojaat qilish kerak: 100015, Tashkent shahri, Oybek ko‘chasi, 6 uy. Tel: (71) 207 47 74.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring